
«Kia Go!»: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga
2025 yil 22 iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish nuqtasiga aylandi. Bu yerda yashillik va musaffo havo qo‘ynida «Kia Go!» shiori ostida O‘zbekistonda sevimli va xalqchil bo‘lgan krossoverning bir yilligiga bag‘ishlangan sport-ko‘ngilochar kuni bo‘lib o‘tdi.

Kia Sonet’ning ilk topshirilishlari: yangi yetakchilar davri
2024 yilning 29 may kunidan boshlab Kia’ning O‘zbekistondagi barcha rasmiy dilerlik markazlarida uzoq kutilgan Kia Sonet krossoverining birinchi ommaviy topshirilishlari, belgilangan muddatdan ham ertaroq boshlandi!

ADM Global yangi Kia Sonet shahar krossoveriga narxlarni e’lon qildi
2024-yil 1-aprel kuni Kia Uzbekistan’ning rasmiy saytida krossoverlarning o‘z liniyasidagi eng ixcham model sanalgan Sonet’ning narxlari e’lon qilindi.

Kia O‘zbekiston bozoriga Sonet ixcham shahar krossoverini chiqarmoqda
2024-yilning 27-mart sanasida ADM Global kompaniyalar guruhi Kia Sonetning pilot ishlab chiqarilishi muvaffaqiyatli yakunlaganini va Sonet avtomobillarining ilk partiyasining ishlab chiqarilishi boshlaganini e’lon qildi.

Kia kompaniyasi Sonet krossoverini O‘zbekistonda ishlab chiqarilishini boshlashga tayyorlanmoqda
2024-yilda ADM Jizzakh O‘zbekistonda Kia Sonet ixcham shahar krossoverini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yadi.