Avtomobilingiz chirog‘ini o‘chirishni unutmang! (foto)
Xabaringiz bor, 10-maydan boshlab barcha turdagi transport vositalari uchun kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanish bo‘yicha jarimaga tortish boshlangan.
Birinchi bor qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlik uchun – EKIHning 1/2 qismi. Takror sodir etish sanksiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi – o‘ta «ashaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi.
Ushbu qoidaga amal qilishga harakat qilayotgan haydovchilarni ikki holat xavotirga solmoqda: biri — avtomobillarning yonib ketishi, ikkinchisi — mashina chiroqlarining yoniq holda unutilishi oqibatida akkumulyatorlarning «o‘tirib» qolishi.
Birinchi xavotir haqida so‘nggi vaqtlarda ko‘p gapirilmoqda. Ikkinchi holat bo‘yicha esa ijtimoiy tarmoqlar fotolarga to‘lib bormoqda. Ularning ayrimlarini quyida jamladik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter