Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kuni poytaxtning ayrim ko‘chalari yopiq bo‘ladi

Dam olish kuni poytaxtning ayrim ko‘chalari yopiq bo‘ladi

Duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar quyidagi ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:

1) To‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi – Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;

2) To‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li – Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);

3) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shoh ko‘chasi – Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha («Jasorat» haykali);

4) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan («Jasorat» haykali) Labzak ko‘chasigacha («Anhor-Lokomotiv» bog‘i).

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring