Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass» videosiga izoh berildi

«GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass» videosiga izoh berildi

Foto: IIV YHXBB

Ijtimoiy tarmoqda «GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi A.Abdurahimov 4R6 «Toshkent-Chimyon» avtomobil yo‘lining 17-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «DAF TE 105 XF» rusumli yuk avtomobilini svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi uchun to‘xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan.

O‘zaro muloqot vaqtida haydovchi bayonnoma tuzilganligidan g‘azablanib, yerdan qo‘liga qattiq jism olib, jism bilan urish niyatida inspektorni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring