GBU bilan jihozlangan barcha Chery modellari kafolati saqlanib qoladi
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi avtomobil sohiblarini avtomobilga gaz ballon uskunalari (GBU) o‘rnatilganidan keyingi texnik xizmat ko‘rsatilish kafolatiga oid muhim voqea haqida xabardor qilmoqda.
Ko‘plab avtotransport vositalari sohiblari yoqilg‘i sarfini kamaytirish va avtomobilning tejamkorligini orttirish maqsadida GBUni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. Biroq, qaror qabul qilishdan oldin, ushbu uskunalarni o‘rnatish kafolat shartlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish muhimdir. Barchaga ma’lumki, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar GBU mavjud bo‘lganda mijozlarga kafolatli xizmat ko‘rsatilishidan bosh tortadilar.
15 apreldan boshlab GBUning o‘rnatilganligi Chery avtomobillari uchun kafolatli xizmat ko‘rsatilishi inko etilishiga asos bo‘lmaydi (faqat konstruksiyaning o‘zgartirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘inlar, komponentlar, detallar kafolat shartlaridan chiqarib tashlanadi). Boshqacha qilib aytganda, avtomobilning o‘zgarishsiz qolgan barcha qolgan qismlariga kafolat amal qiladi.
Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan cheryauto.uz rasmiy saytida tanishish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash joizki, Chery GBU bilan jihozlangan avtomobillar uchun kafolat shartlarini saqlab qolgan birinchi chet davlat brendi bo‘ldi.
Chery Uzbekistan rasmiy tarmog‘i nafaqat yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish taqdim etibgina qolmay, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlov amalga oshirilishiga ham kafolat berishiga mijozlarning e’tiborini qaratmoqdamiz. Rasmiy bo‘lmagan va tekshirilmagan servis markazlariga murojaat qilish istalmagan oqibatlarga, shu jumladan, kafolat huquqlarining yo‘qotilishiga hamda sifatsiz ehtiyot qismlaridan foydalanishga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun: Roodell Service – CHERY brendining O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik servis markazi bo‘lib, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalari:
Tezkor liniyasining telefon raqami: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter