General Motors xodimlarini qisqartirishni boshladi
General Motors konserni jahon bo‘ylab mingdan ortiq xodimlarini ishdan bo‘shatadi, ularning 507 nafari Uorren (Michigan shtati)dagi bosh muhandislik markazi mutaxassislaridir, deb xabar berdi Reuters.
«Kompaniya kelgusi yili elektromobillardan ko‘rilayotgan zararni 2–4 mlrd dollarga qisqartirmoqchi. Davlat hujjatlariga ko‘ra, Michigan shtatidagi Uorren GM texnik markazining 507 nafar xodimi qisqartirishga tushgan», — deyiladi xabarda.
GM qimmatbaho elektromobillar va dasturiy ta’minot ishlab chiqarishda yetakchi pog‘onalarni egallashga intilmoqda. Konsern qisqartirilishlar bo‘lishini tasdiqladi, biroq qancha xodimi ishsiz qolishiga oydinlik kiritmadi.
Uorrendagi GM texnik markazi 1956-yilda ochilgan bo‘lib, avtogigantning asosiy konstruktorlik bo‘linmasi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter