Amerikaning GM kompaniyasi oyna tozalagichlarni deb 682 mingta mashinasini chaqirib olyapti

Amerikaning «General Motors Co.» kompaniyasi oyna tozalagichlardagi buzilishlar ehtimolidan kelib chiqib, 682 mingta avtomobilini chaqirib olmoqda.
Chaqiruvga tushgan mashinalar — 2014 va 2015-yilda chiqarilgan Chevrolet Equinox va GMC Terrain krossoverlari.
Oyna tozalagichlar o‘rnatilgan joyda hosil bo‘ladigan zang buzilishga olib kelishi, tozalagichlarning ishlamay qolishi yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter