Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qachon bizda ham Amerikadagi kabi yo‘l ko‘rsatkichlari bo‘ladi? Mutaxassis javob berdi

Qachon bizda ham Amerikadagi kabi yo‘l ko‘rsatkichlari bo‘ladi? Mutaxassis javob berdi

«Press klub» boshlovchisi Sherzod Qudratxo‘jayev Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan ko‘rsatuv davomida Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarovga yo‘l ko‘rsatkichlari bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.

— Nima sababdan yo‘llarimizda yo‘l ko‘rsatkich belgilar yo‘q? Masalan, Amerikaga borsangiz, qaysi yo‘l qayerga olib borishi va necha kilometr yurish kerakligigacha katta-katta qilib yozib qo‘yiladi. Bizda qachon shunday bo‘ladi? Soliq to‘lovchilarning puli shunday narsalarga sarflanishi kerak emasmi?

— Ayni vaqtda bu bo‘yicha ish olib borilyapti. Masalan, Sirdaryodan Toshkentga qaytayotganingizda Chinoz yo‘lida shunday belgilar o‘rnatilganini ko‘rishingiz mumkin. Ayniqsa tunda yursangiz, bu belgilar nur qaytarib, yanada aniqroq ko‘zga tashlanadi.

Avvalgi yo‘l belgilari eski zavodlarda ishlab chiqarilar edi. Ikki yil avval Prezidentimiz tomonidan yangicha belgilarni ishlab chiqarish va o‘rnatish bo‘yicha alohida topshirish berildi. Shu maqsad yo‘lida «Avtoyo‘lbelgi» korxonasi tashkil etildi. Ayni vaqtda korxonaga texnologik uskunalar yetkazib berish davom etmoqda. Hozircha Chinoz yo‘lida yangi belgilar o‘rnatildi.

— Ammo O‘zbekiston yo‘llari faqat Chinoz bilan cheklanib qolmaydi. Qachon boshqa hududlarimizga ham o‘rnatasiz? Aytaylik, vodiyga yoki vohaga yo‘l olsangiz, qayerga yetganingni tushunib olish ham qiyin. Qilinayotgan ishlar yaxshi, lekin bu ishlar ko‘lamini o‘n barobar oshirish kerak emasmi?

— Bu bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hajmini oshirishni rejalashtirganmiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring