Shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi, stikerlar bekor bo‘ladi

Bugun, 5-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantin qoidalari yumshatilishi haqida ma’lum qilingan.
O‘tgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirildi.
Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 857 ta korxona o‘z faoliyatini tikladi.
Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ruxsat beriladi.
Stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklanadi.
Muhim: qaysi sanadan boshlab shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat berilishi va stikerlar bekor bo‘lishi haqida maxsus komissiyaning qarorida ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter