Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazini «Qo‘yliq» bilan bog‘laydigan yo‘lning ayrim qismlari 10 kunga yopiladi

Toshkent markazini «Qo‘yliq» bilan bog‘laydigan yo‘lning ayrim qismlari 10 kunga yopiladi

Foto: «Voditeli Tashkenta»

Toshkent shahar hokimligining xabariga ko‘ra, yo‘lni ta’mirlash ishlari sababli, 17-oktyabr kuni soat 00:00dan 27-oktyabr kuniga qadar quyidagi yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi:

  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Compass SKMga o‘tuvchi yo‘l;
  • Compass SKM yaqinidagi ko‘prik ostidagi qaytish yo‘li (razvorot);
  • THAYdan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiquvchi yo‘l.

«Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring