Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Portugaliya og‘ir o‘yinda chorakfinalga yo‘l oldi

Yevro-2024. Portugaliya og‘ir o‘yinda chorakfinalga yo‘l oldi

Germaniyada o‘tayotgan Yevropa chempionatida Portugaliya Sloveniyaga qarshi bahs olib bordi.

Yulduzli tarkibga ega portugallar 120 daqiqa davomida raqib darvozasiga gol ura olmadi. Ronaldu 105-daqiqada belgilangan penaltidan bergan zarbasini Oblak qaytardi. Krishtianu ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Penaltilar seriyada esa Diogu Koshta qahramonga aylandi. “Portu” posboni 3 ta seyvni amalga oshirib, Portugaliyani keyingi bosqichga olib chiqdi.

Portugaliya chorakfinalda Fransiyaga qarshi bahs olib boradi. 

Yevro-20241/8 final

Portugaliya  Sloveniya 0:0

Penaltilar seriyasi — 3:0.

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (105). 

Portugaliya – Koshta, Kanselu (Semedu, 117), Pepe (Ruben Nevesh, 117), Diash, Mendesh, Fernandesh, Bernardu Silva, Palinya, Vitinya (Jota, 65), Leau (Konseysau, 76), Ronaldu.

Sloveniya – Oblak, Stoyanovich (Verbich, 86), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Balkovets, Gnezda-Cherin, Elshnik (Ilichich, 105), Shporar (Selar, 75), Sheshko, Mlakar (Gorens-Stankovich, 74).

Ogohlantirishlar: Drkushich (32), Karnichnik (37), Gorens-Stankovich (101), Biyol (106), Balkovets (107), Kanselu (107).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring