Turkiya Qatarga 250 nafar harbiy yubormoqda. Ular qanday vazifani bajaradi?

Turkiya parlamenti mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Qatarga 6 oy muddatga harbiy kontingent yuborish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi. Turk askarlari «Jahon chempionati qalqoni» operatsiyasi doirasida Qatarda o‘tadigan futbol birinchiligi davomida xavfsizlikni ta’minlash, xususan, terror tahdidlari oldini olishga ko‘maklashadi.
Qatar tomoni ittifoqchi mamlakatlar, jumladan, Turkiyaga 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar davom etadigan jahon chempionati davrida xavfsizlikni ta’minlash borasida ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan. Rasmiy Anqara ko‘p tomonlama aloqalar va tarixiy-madaniy rishtalar ahamiyatiga ko‘ra, Qatarning so‘roviga ijobiy javob qaytargan.
Turkiya sobiq mudofaa vaziri, deputat Fikri Ishikka ko‘ra, Qatarga 250 nafar turk harbiylari jo‘natilmoqda. Anqara futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan Ko‘rfaz davlatiga yana 3000 nafar politsiyachi jo‘natishga ham va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter