Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Xorvatiya Angliyani xotirjamligi uchun jazoladi

JCh-2018. Xorvatiya Angliyani xotirjamligi uchun jazoladi

Foto: «Gazeta.ru»

JCh-2018 musobaqasi yarim finalidan o‘rin olgan Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Hisobni birinchi bo‘lib ingliz himoyachisi Kiran Tripper ochdi.

Ikkinchi bo‘limni xorvatlar faol boshlashdi va 68-daqiqada Shime Vrsalkoning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini Ivan Perishich yaqin masofadan darvozaga aniq yo‘naltirib, muvozanatni tikladi.

O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobda o‘tdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida Perishichning uzatmasidan so‘ng Mario Manjukich himoyachilarni ortda qoldirdi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, 2:1 hisob bilan, Xorvatiya o‘z tarixida ilk bor finalga yo‘l oldi va 15 iyul kuni chempionlik uchun Fransiya bilan o‘ynaydi.

Angliya esa 14 iyul kuni uchinchi o‘rin uchun Belgiya bilan kuch sinashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring