Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorvatiyada «bir taom — ikki narx» qoidasi joriy etilmoqda

Xorvatiyada «bir taom — ikki narx» qoidasi joriy etilmoqda

Foto: Bild

Shu yilning 1-oktyabridan Xorvatiyadagi restoran va kafelar uchun majburiy qoida belgilanadi — taomlar va ichimliklarning amaldagi narxi yonida eski narxini ham ko‘rsatish shart.

Yangi qoida Xorvatiya hukumatining maxsus qarori bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Masalan, 1-oktyabrda qahva 4 yevro tursa, uning yonida 10-sentyabrda amalda bo‘lgan narxi ham yozilishi shart. Xaridor ayni paytdagi qiymat bo‘yicha to‘lov qiladi, ikkinchi raqam (eski narx) esa taqqoslash va narx qanchalik o‘zgarganini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu talab nafaqat qog‘ozdagi taomnomalarga, balki muassasalarning veb-saytlariga hamda yegulik va ichimliklar narxi aks etgan tashqi reklama bannerlariga ham tegishlidir.

Qoidabuzarliklar uchun jarimalar katta — ayrim holatlarda deyarli 2 000 yevrogacha, ba’zi kompaniyalar uchun 27 000 yevrogacha yetishi mumkin.

Xorvatiyadagi yemakxonalar xo‘jayinlari yangi talabdan norozi. Xususan, poytaxt Zagreb restoran egalari uyushmasi rahbari Frans Letika ta’kidlashicha, ikki xil narx xo‘randalarni chalg‘itishi va stol atrofida «kutilmagan vaziyatlar»ni keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring