Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

200 ming so‘mlik pullarni ishlatishda ehtiyot bo‘ling

200 ming so‘mlik pullarni ishlatishda ehtiyot bo‘ling

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda Uchtepa tumanida yashovchi A.S. 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab, har birini 60 ming so‘mdan sotib kelayotganligi aniqlanib, undan 10 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar, jami 31 dona A4 formatdagi qog‘ozda chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar, rangli printer va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring