Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 yoshli qizchaning o‘limi bo‘yicha enaga ushlandi

3 yoshli qizchaning o‘limi bo‘yicha enaga ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli qizchaning o‘limi holati yuzasidan videomurojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 25 aprel kuni 1996 yilda tug‘ilgan D.U. Sergeli tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, sinfdoshi 1996 yilda tug‘ilgan Sh.N.ga, voyaga yetmagan farzandi 2020 yilda tug‘ilgan S.U.ni enagalik qilishi uchun topshirganligini, lekin farzandi uning xonadonida vafot etganligini ma’lum qilgan.

Tekshiruv jarayonida Sh.N. voyaga yetmagan S.U. 24.04.2023 yilda yerto‘laga tushish zinasidan yiqilib tushganligini, lekin o‘rnidan turib yana o‘ynab ketganligi sababli uning onasiga bu haqida xabar bermaganligini, shifokorlarga ham S.U.ga tibbiy yordam ko‘rsatishi uchun murojaat qilmaganligini, 25.04.2023 yil taxminan soat 10.00 larda S.U. xushidan ketib yiqilganligini va tez tibbiy yordam xodimlari kelguniga qadar vafot etganligini ma’lum qilgan.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 117-moddasi («Xavf ostida qoldirish») bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi Sh.N. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring