Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7-sentyabrda Oy to‘liq tutiladi

7-sentyabrda Oy to‘liq tutiladi

Foto: «Topor» telegram-kanali

7-sentyabr kuni Oy to‘liq tutiladi — bu so‘nggi uch yildagi eng uzoq davom etuvchi tutilishdir.

Soat 20:28 da (Toshkent vaqti) Oy Yerning soyasiga o‘tadi va tutilish 8 sentyabr soat 01:55 gacha cho‘ziladi.

Qariyb bir yarim soat «Qonli Oy»ga guvoh bo‘lish mumkin — yorug‘lik nuri atmosferada singani uchun u shunday tusga kiradi.

Oyning oldingi to‘liq tutilishi yetti yil avval sodir bo‘lgandi.

«Topor» telegram-kanali taqdim etgan xaritada Oy tutilishi ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan hududlar ko‘rsatilgan. O‘zbekiston qizil rangda — «Qonli Oy»ga guvoh bo‘lamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring