Andijon shahrida yong‘in yuz berdi — FVV ma’lumoti

Bugun, 7-dekabr kuni soat 04:04 da Andijon shahar, «Sa’diy» MFY, Eski O‘sh ko‘chasidagi uylarning birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.
Yong‘in natijasida uyning 70 kv.m maydonda shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uyning 180 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy ham Andijon shahrida yirik yong‘in yuz bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter