Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar, 1-mittitumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida videolavha tarqaldi.

Xabar qilinishida, gaz chaqnashi yuz bergan. Videoda aks etishicha, uyning uchinchi qavatidagi xonadonning derazalari to‘kilib, g‘ishlar ko‘chib tushgan tushgan.

O‘t o‘chiruvchilar bir necha daqiqa o‘tib yong‘inni bartaraf etishgan.

Holat yuzasidan rasmiy xabar berilgani yo‘q. Hodisadan jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring