Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Andijonda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 23-mart kuni soat 11:30larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, «Yangi O‘sh» ko‘chasida joylashgan «Rohat avtoservis» binosi qarshisida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli; haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli; haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan K.M. boshqaruvidagi «Labo» rusumli; haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.E. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv bo‘lgan.

YTH natijasida, «Labo» rusumli avtomobil haydovchisi K.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring