Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda turmush o‘rtog‘ini olib kelish uchun chiqib ketgan fuqaro bedarak yo‘qoldi

Andijonda turmush o‘rtog‘ini olib kelish uchun chiqib ketgan fuqaro bedarak yo‘qoldi

Foto: IIBB

Andijon viloyatida tug‘ilgan Saidov Otabek Abdusamadovich 2019-yil iyul oyining oxirida Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, «Muazzinboy» MFYda joylashgan uyidan Andijon sh. «Sanoat» MFY, 154-xonadonda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini olib ketish uchun chiqib, qaytib kelmagan.  

O‘tgan yilning avgust oyidan sentyabrga qadar u ikki marta onasiga qo‘ng‘iroq qilgan va Toshkentda ish topganini aytib, xavotir olmasliklarini so‘ragan. Boshqa hech qanday xabar kelmagan. Otabekning qidiruvi davom etmoqda.

Belgilari: bo‘yi 185-190 sm, gavdasi ozg‘inroq, sochlari qora, kalta, old tomonida sochi to‘kilgan, quloqlari o‘rtacha, burni uzun, to‘g‘ri, ko‘zlari qora.

Alohida belgilari: chap qoshining tepasida qor xoli bor.

Kiyimlari: qora rangli shim, oq ko‘ylak, qora poyabzal.

«Hurmatli fuqarolar! Saidov O.ning turar joyi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring