Andijondagi bog‘chada yong‘in chiqdi

Bugun, 20 sentyabr kuni soat 11:30 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Andijon shahar 2-kichik dahasida joylashgan 38-bolalar bog‘chasi hududida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, bog‘chada ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan. Yong‘in oqibatida bog‘cha hadudida 2 kv.m maydonda qurilish chiqindilari va xas-xashaklar yongan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter