Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenda biryo‘la uch bog‘chada tarbiyalanuvchilar zaharlandi

Angrenda biryo‘la uch bog‘chada tarbiyalanuvchilar zaharlandi

Foto: Xabar.uz

Angrenda biryo‘la uch bog‘chada tarbiyalanuvchilar ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi xabar berdi. 

Joriy yilning 13-14-sentyabr kunlari Toshkent viloyati, Angren shahridagi 1-sonli DMTTda 3 nafar, 10-sonli DMTTda 14 nafar hamda 37-sonli DMTTda bir nafar tarbiyalanuvchilar birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgan. Hozirda barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlar nazoratida.

Ushbu holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy bo‘limi tomonidan yakuniy ekspertiza xulosasi chiqmaguniga qadar turli ma’lumotlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati ma’lumotlarni faktlar asosida tarqatilishini tavsiya etadi, deyiladi xabarda.

Yakuniy ekspertiza xulosasi taqdim etilganidan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring