Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal issiq sabab Xo‘jayli va Taxiatoshdagi bolalar bog‘chalari faoliyati to‘xtatiladi

Anomal issiq sabab Xo‘jayli va Taxiatoshdagi bolalar bog‘chalari faoliyati to‘xtatiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli hamda Taxiatosh tumanlarida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu borada ushbu tumanlar hokimlari tegishli qarorlarini qabul qilgan.

«Joriy yilning 16-18 iyul kunlari havo haroratining 40 darajadan oshishi sababli tuman hududidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish foaliyati vaqtincha to‘xtatiladi», – deyiladi Xo‘jayli tumani hokimi qarorida.

Shuningdek, Taxiatosh tumani hokimi yozning 16-18 iyul kunlari hududdagi bolalar bog‘chalari binolari ichidagi harorat 35 darajadan oshib ketishi hamda issiq haroratning bolalar salomatligiga salbiy ta’smirini oldini olish maqsadida tuman hududidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan.

Hokimlar qaroriga tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining tegishli xati asos qilib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring