Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pomidor sizni anomal issiqdan va qarishdan himoya qiladi

22/07, 10:30

Jazirama issiq kunlarda organizmingizni va teringizni ichkaridan himoya qilish uchun haftada bir necha marta pishirilgan pomidor yoki pomidor pastasini bir choy qoshiq zaytun moyi birga iste’mol qiling.

anomal issiq kunlarida tez yordam xizmatiga qancha chaqiriq kelib tushdi?

17/07, 16:12

Aholini ehtiyot choralariga rioya qilish bo‘yicha ogohlantirish ishlari olib borilgani sababli 9–12 iyul kunlariga nisbatan chaqiriqlar sonida jiddiy o‘sish kuzatilmagan.

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi

17/07, 15:56

Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi hamda elektr tarmoqlariga tushgan yuqori yuklama sabab elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga keldi.

anomal issiq sabab ayrim hududlarda elektr cheklovi joriy qilindi

17/07, 13:48

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlaridagi 1750 ta iste’molchi, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zomin tumanlaridagi 1200 ta iste’molchi, Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 1 300 ta iste’molchi, Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlaridagi 1000 ta iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi.

O‘zbekistonda bugun ham anomal issiq saqlanib qoladi

17/07, 08:53

Harorat 38-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45-46 darajagacha bo‘ladi.

Surxondaryoda jazirama tufayli yuk mashinalari harakatiga cheklov joriy etildi

14/07, 15:50

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq havo sabab ayrim hududlarda yo‘l qoplamasini asrash maqsadida og‘ir yuk transportlari harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda.

Jazirama sabab Qoraqalpog‘istonda qator davlat bog‘chalari yopildi

13/07, 15:22

Havo haroratining keskin oshishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

CCV: Jaziramadan saqlanish qoidalari

13/07, 14:24

Yozning jazirama kunlari organizm uchun jiddiy sinovdir. Yuqori harorat sharoitida issiq urishi, suvsizlanish va surunkali kasalliklarning zo‘rayishi xavfi ortadi. Ushbu davrda salomatligingizni asrash va o‘zingizni tetik his qilish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishni tavsiya etamiz.

anomal issiq hayvonot va nabotot olamiga ham ta’sir qiladi – davlat idora va tashkilotlariga tavsiyalar berildi

13/07, 12:18

Yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq nafaqat insonlarga, balki hayvonot va nabotot olamiga ham ta’sir qiladi. Ekologiya vazirligi shu munosabat bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, kommunal xizmatlar, mahallalar, korxona va tashkilotlar hamda hududlardagi barcha mutasaddi tashkilotlarga quyidagi vazifalarni kuchaytirishni tavsiya etdi:

anomal issiqdan saqlanish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

13/07, 12:02

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13–17 iyul kunlari respublika hududiga janubdan o‘ta issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 44–46°S gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Yana