APK-fayl orqali yechilgan 6,5 million so‘m egasiga qaytarildi
Buxoro viloyatida odamlarni turli usullarda aldashga qaratilgan kiberfiribgarliklar ko‘p kuzatilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Quyidagi holat Buxoro tumanida sodir bo‘ldi. Bir kishiga Instagramda APK-fayl yuborilgan. Bu fayl orqali unga «Roha-24» nomli ilovani yuklash taklif etilgan. Xabarda go‘yoki uning 10 million so‘m jarimasi borligi ma’lum qilingan.
Bunga laqqa tushgan foydalanuvchi ilovani shartta telefoniga o‘rnatib, unga kirgan. So‘ngra uning bank hisob varag‘iga tushishi kutilayotgan pulning 6,5 million so‘mi g‘oyib bo‘lgan...
«Roha-24» degan ilova keldi. Senga jarima bor, deb. Men bilmay turib, o‘sha ilovaga kirib oldim va yana chiqdim. Hisob raqamimga 9 million so‘m pul tushishi kerak edi. Shundan 6,5 million so‘mini yechib olishgan», — dedi jabrlanuvchi.
Soniyalarda millionlaridan ayrilgan odam zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar sababli 6,5 million so‘m egasining hisob raqamiga qaytarildi.
Mutaxassislar notanish shaxslardan kelgan APK-fayllarni yuklamaslik, shubhali havolalarga kirmaslik hamda bank kartasi va hisob varaqlariga oid ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslikni tavsiya etishmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter