Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh elchixonasining sobiq binosi oldida o‘ndan ortiq yoshlar mushtlashishdi

AQSh elchixonasining sobiq binosi oldida o‘ndan ortiq yoshlar mushtlashishdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

21-iyul kuni soat 14.30 da 102 raqamiga Chilonzor tumanining 3-kvartalida yashovchi aholidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Cho‘ponota ko‘chasida ilgari AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi joylashgan binoning yaqinida o‘ndan ortiq yoshlar janjallashayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Hodisa joyiga Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-bataloni xodimlari yetib kelishdi. Patrul avtomobilini ko‘rgan yoshlarning bir nechtasi qochib ketishgan, yetti nafari esa qo‘lga olinib, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Qo‘lga olinganlardan biri – muqaddam sudlangan 28 yoshli E.Sh. tekshirilganda uning avtomobili salonidan uchta pichoq, barsetkasidan esa 3 flakon «Tropikamid», 1 flakon «Rinoksil», 6 tabletka «Selofen» topildi.

Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida hodisaning boshqa ishtirokchilarining shaxslari aniqlanib, so‘ng barcha ishtirokchilarning hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring