Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakada to‘qqiz yashar qiz o‘ldirib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Asakada to‘qqiz yashar qiz o‘ldirib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida to‘qqiz yashar qizaloq o‘ldirib ketilganiga oid xabar tarqaldi.

«Xabar.uz» so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot xizmati fojia yuz berganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, shu yilning 21-iyun kuni soat 18:00 atrofida tumandagi mahallalarning birida voyaga yetmagan Q.I.ning (2011-yilda tug‘ilgan, qiz bola, maktab o‘quvchisi) jasadi yashash xonadonida topilgan. Marhumaning ko‘krak-qorin sohasida kesuvchi-sanchuvchi jismlar orqali 16 ta tan jarohati yetkazilgani aytiladi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida murda yotgan xonada buyumlarning joylashish tartibi buzilganligi, kiyinish stoli (tryumo) tortmasida bo‘lgan 1,5 mln. so‘m pul yo‘qolganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunyoq JKning (Jinoyat kodeksi) 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor guruhi tashkil etilgan. Jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring