Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Umumiy yotoqxona”dan xonadon va’da qilgan MChJ rahbari ushlandi

“Umumiy yotoqxona”dan xonadon va’da qilgan MChJ rahbari ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Asaka tumanida “umumiy yotoqxona” uyidan xonadon rasmiylashtirib berishni va’da qilgan MChJ rahbari qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.X.” MChJ rahbari M.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro I.O‘.ning ishonchiga kirib, “Qadriyat” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli “umumiy yotoqxona” uyidagi xonadonlardan birini uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 4 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring