Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avgust oyida kuchli magnit bo‘ronlari kutilyapti

Avgust oyida kuchli magnit bo‘ronlari kutilyapti

Foto: «Pixabay»

Yer shari bo‘ylab avgust oyida kuchli magnit bo‘ronlari kutilyapti, xabar berdi «REN TV».

O‘rtacha intensivlikka ega magnit bo‘roni 10-avgustga to‘g‘ri keladi, bu insonlarda qon bosimi pasayishiga olib keladi.

Sinoptiklarga ko‘ra 13-14-avgustdagi magnit bo‘ronlari kuchsizroq bo‘ladi. Shunga qaramasdan, meteosezuvchan insonlarni bosh og‘rig‘i, hatto migren bezovta qilishi mumkin.

Magnit bo‘ronlarining eng kuchlilari avgustning oxirgi dekadasiga to‘g‘ri keladi: 21-22-avgust hamda 29-avgust. Kishilar shu kunlari o‘zlarini noxush his etishlari, uyqu buzilishi, migren va bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan qiynalishlari mumkin, deyishmoqda ekspertlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring