Bo‘stonliq tog‘larida soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
4yanvar kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larga dam olish maqsadida chiqib, ulardan birining oyog‘i sirpanib soyga tushib ketganligi va chiqaolmayotganligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Natijada soyda qolib ketgan fuqaro qutqarib qolingan va sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter