Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda suv toshqini «Cobalt»ni odamlari bilan oqizishiga oz qoldi

Bo‘stonliqda suv toshqini «Cobalt»ni odamlari bilan oqizishiga oz qoldi

Foto: FVV

FVV qutqaruvchilari tomonidan «Cobalt» rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilariga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, kecha, 24 aprel kuni soat taxminan 21:10larda Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani «Boymirzayev» qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik natijasida ushbu hududdan oqib o‘tuvchi «Parkent» kanaliga suv sig‘may avtomobil yo‘liga toshib chiqqan.

Kuchli oqim natijasida yo‘ldagi «Cobalt» rusumli avtomobilni surib yo‘lning chetiga chiqarib yuborganligi, avtomobil ichida 4 nafar fuqaro borligi haqida ma’lumot kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati FVB Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan va olib borilgan tezkor amaliy harakatlar natijasida avtomobil hamda uning ichida bo‘lgan 4 nafar fuqaro qutqarilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring