Braziliya parlamenti binosida yong‘in yuz berdi

Braziliya Milliy Kongressining deputatlar palatasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida «Globo» kanali ma’lumotiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda, yong‘in hozirda butunlay bartaraf etilgan. Baxtsiz hodisa deputatlar majlislar zaliga zarar yetkazgani ham aytilmoqda. Ayni damda Braziliya parlamenti a’zolari ta’tilda bo‘lib, ular joriy yilning fevral oyidan ishga qaytishadi. Yong‘indan hech kim jarohatlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter