Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi yana bir «dollar operatsiyasi» noxush yakunlandi

Buxorodagi yana bir «dollar operatsiyasi» noxush yakunlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar Q.R. va A.N. qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro X.R.ga 5 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, unga jami 83 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki banknotlarni berib qolgan qismini tez kunda yetkazishlarini aytib 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq qalbaki pullarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring