Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik erkak 2 nafar ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirdi

Buxorolik erkak 2 nafar ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirdi

Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1994- yilda tug‘ilgan B.N. ismli shaxs (ism sharifi o‘zgartirilgan) 2016-yilning sentyabr oyida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan.

U OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, unga bir qator cheklovlar belgilab berilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2018-yil noyabr oyidan 2020-yilning mart oyiga qadar Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan P.P. (ism sharifi o‘zgartirilgan) bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.

Bundan tashqari 2020-yil - oktyabrdan boshlab K.K. (ism sharifi o‘zgartirilgan) ismli ayol bilan sha’riy nikoh asosida birgalikda yashab, u bilan ham hech qanday himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelib, ushbu ikkala ayol P.P va K.K.larga OIV kasalligini qasddan yuqtirgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan B.N.ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring