Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinoz va Yunusoboddagi «Amerika orzusi» o‘xshamadi

Chinoz va Yunusoboddagi «Amerika orzusi» o‘xshamadi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida  10 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring