«Damas» sudrab ketgan 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
Shahrisabzda «Damas» urib yuborib, so‘ng bir necha o‘n metrga sudrab ketgan o‘quvchi halok bo‘ldi. Shu kunlarda videosi tarqalgan ushbu mudhish hodisa 2024 yil 19 aprel kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchi K.M. «Damas» mashinasi bilan 4K-307 «Shahrisabz-Miraki» avtomobil yo‘lida harakatlanib borib, Shahrisabz shahar Fusunkor ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan.
Oqibatda o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter