Departament hamda DXX soxta dollar sotayotganlarni qo‘lga oldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, fuqaro X.M. va A.I.lar qalbaki valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro J.ga qalbaki 4 700 AQSh dollarini 2 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter