Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarfurushlarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda — departament

Dollarfurushlarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda — departament

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Q.» MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.X. fuqaro Z.A.ga jami 4 000 AQSh dollarini 45,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas