Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX qalbaki pul tayyorlab, muomalaga kiritgan guruhni fosh qildi

DXX qalbaki pul tayyorlab, muomalaga kiritgan guruhni fosh qildi

Skrinshot.

DXX chirchiqlik fuqaroni Buxoroga borib, 10 mln. 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki milliy valyutani 600 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga oldi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi, Gulistonda yashovchi shaxsni 600 AQSh dollarini qabul qilib olgan vaqtida ushladi hamda uyida 2 mln. 150 ming so‘m miqdorida qalbaki banknotlar borligini aniqladi.

Surishtiruv davomida pullar aslida Andijon shahrida tayyorlanishi ma’lum bo‘ldi.

Dastlab Andijonda yashovchi shaxs o‘zining «Damas»ida 3 mln. 200 ming so‘m miqdoridagi 64 dona 50 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni olib ketayotganda ushlandi.

So‘ngra bu pullarni tayyorlovchi yana bir fuqaroning uyidan pul tayyorlashda kerak bo‘ladigan buyumlar hamda 14 mln. 550 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar topildi.

Jinoiy guruh shu vaqtgacha jami 300 mln. so‘mdan ortiq qalbaki pullarni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida muomalaga kiritishga ulgurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring