Jizzaxda aka singlisini urgan kuyovi bilan «gaplashib olmoqchi» bo‘ldi. So‘ng...
G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan Z.N. o‘z singlisini kuyovi haqoratlab, urganligini eshitgach, o‘zini bosa olmadi. Zo‘ravon bilan gaplashib olish maqsadida tungi soat 22.00.lar atrofida qishloq chekkasidagi dala maydoniga chaqiradi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, aytilgan joyga kelgan G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan kuyovi D.N.ning yoqasidan tutib, singlisini nima uchun azoblayotganini so‘raganida D.N. yonidagi oshxona pichog‘i bilan Z.N.ning qorniga uradi.
Oqibatda qayinog‘a qorin bo‘shlig‘i old devor qismiga sanchilib, kesilgan jarohat bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan D.N.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqt u hibsxonada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter