Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy prokuratura korxona mansabdorlariga jinoiy ish ochdi

Harbiy prokuratura korxona mansabdorlariga jinoiy ish ochdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga «Harbiy Savdo-Chirchiq» DUK mansabdorlarining noqonuniy xatti-harakatlari va pul mablag‘larini o‘zlashtirish, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun hujjatlarini buzayotgani haqida fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida mazkur korxonada o‘rganish o‘tkazilgan.

Ushbu korxona moddiy javobgar shaxslari tomonidan mehnat munosabatlari, davlat xaridlari tartibini belgilovchi hamda boshqa qonun hujjatlarining buzilishi natijasida korxona faoliyatida jami 15,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 329-330 moddalariga asosan qonuniy qaror qabul qilish uchun 2022 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, 2022 yil 12 mart kuni «Harbiy Savdo-Chirchiq» DUK moddiy javobgar shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 moddasi 2 qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring