Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hazilni tagi zil. Voyaga yetmagan qizlarni qo‘rqitgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Hazilni tagi zil. Voyaga yetmagan qizlarni qo‘rqitgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Samarqand shahrida bola o‘g‘risi ekanligini aytib, voyaga yetmagan qizlarni qo‘rqitgan «Jiguli» haydovchisiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 3 may kuni Samarqand shahar Marokand ko‘chadida sodir bo‘lgan. Videoda mashina kelib to‘xtaganini, haydovchi voyaga yetmagan qizlarga gapirganini ko‘rish mumkin. Qizlar uni ko‘rib qochib ketgan. Ko‘p o‘tmay huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan mashina haydovchisi qo‘lga olingan va u sudga keltirilgan. Biroq sudda aybdor voqea butunlay boshqacha bo‘lganini aytgan.

«Qayrilganimda hamkasb ayolni ko‘rdim. To‘xtadim, qarasam besh-o‘n metr uzoqroqdan ikki qiz bor edi. Tushib qaytib keldim, eshikni ochsam ular menga qarab o‘tiribdi. Siz Fotima Zuhramisiz, deb so‘radim. Baland ovozda so‘radim. Birdan ikkovi shokka tushdi. Ariqdan o‘tsam ikkovi qiy-chuv etib qochdi. To‘xta jiyanim, qo‘rqma deyapman ikkovi ham qochib ketaverdi»,— degdi haydovchi.

Tergovga qadar tekshiruv olib borilganda haqiqatdan ham ushbu shaxs voyaga yetmagan qizlarning yo‘lini to‘sib qo‘rqitgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand sudiga yuborildi.

Sudda aybdor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va 10 sutkaga qamaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring