Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Butunjahon sayyohlik alyansining «Ipak yo‘lidagi turizm» xalqaro muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda Butunjahon sayyohlik alyansining «Ipak yo‘lidagi turizm» xalqaro muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

2025 yil 3 iyul kuni Samarqandda Butunjahon sayyohlik alyansining «Ipak yo‘lidagi turizm» (WTA Silk Road Dialogue) xalqaro muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Forum Turizm qo‘mitasi va Butunjahon sayyohlik alyansining (WTA) hamkorligida hamda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda BMT-Turizm Bosh kotibi Z. Pololikashvili, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, WTA raisi Chjan Syuy, shuningdek, 250 ga yaqin mehmon jumladan, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa davlatlar hamda hududlarning rasmiy vakillari, xalqaro sayyohlik tashkilotlari a’zolari, WTA a’zolari, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

«Ipak yo‘li muloqoti orqali yorqin kelajakni barpo etamiz» shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbir dasturi plenar majlislar, davra suhbatlari, B2B uchrashuvlar, taqdimotlar va sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Tadbir ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida yangi hamkorliklar o‘rnatish va sayyohlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur muloqot O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatidagi imidjini oshiradi hamda mintaqada xalqaro turizmni rivojlantirish, madaniy almashinuvni kuchaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring