Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hisor» qo‘riqxonasida ayiq, hilolkaklik, va yovvoyi to‘ng‘iz kameraga tushdi

«Hisor» qo‘riqxonasida ayiq, hilolkaklik, va yovvoyi to‘ng‘iz kameraga tushdi

Skrinshot.

«Hisor»  davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonlarning kamerasi ob’yektiga Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, hilol kakligi, yovvoyi to‘ng‘iz muhrlandi.

Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘tgan vaqt mobaynida qor qoplonlari, kiyiklar, ayiq va boshqa jonivorlar aynan fotoqopqonlar yordamida tasvirga muhrlandi va bu orqali ularning soni, yashash tarzi haqida ma’lumot olish imkoni ham paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshida ushbu qo‘riqxonada qor qoploni suratga olingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring