Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy tarmoqda «Asakada 3 ta avtomobil to‘qnashdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda «Asakada 3 ta avtomobil to‘qnashdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Foto: «Yhxbb.uz»

Joriy yilning 2-mart kuni ijtimoiy tarmoqda «Asakada 3 ta avtomobil to‘qnashdi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2021-yil 28-fevral kuni soat 06:30 larda Andijon viloyati Asaka tumani Dasturxonchi MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 421-kilometrida «Neksiya» hamda ikki «Damas» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobillar texnik shikastlangan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring