Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada shifoxona yonib ketdi. Hozircha 41 kishi qurbon bo‘lgani aniqlandi (foto + video)

Janubiy Koreyada shifoxona yonib ketdi. Hozircha 41 kishi qurbon bo‘lgani aniqlandi (foto + video)

Foto: AP

Shu paytgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada shifoxonada yuzaga kelgan yong‘inda 41 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar bermoqda «The Guardian» nashri. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Foto: «Reuters»
Foto: «Reuters»
Foto: «YONHAP» / «EPA»

Hodisa mamlakatning janubi-sharqidagi Milyan shahrida joylashgan qirol Sejon nomidagi shifoxonada yuz bergan. Yong‘in shifoxonaning birinchi qavatida joylashgan tez yordam bo‘linmasidan boshlangan. Favqulodda vaziyat vaqtida tibbiy muassasada yuzdan ortiq odam bo‘lgan. Qurbonlardan soni saksondan ortiq kishi jabrlangan.

Foto: «BBC»

Ayni vaqtga kelib ung‘in o‘chirilgan. Olovni butkul so‘ndirish uchun bir soatu qirq daqiqa kerak bo‘ldi.

«Yohnap» agentligining xabar berishcha, yong‘in sabablari aniqlanmoqda. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mazkur hodisa munosabati bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan.  

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning dekabri oxirida poytaxt Seuldan 168 km janubi-sharqda joylashgan Chechxon shahridagi fitnes markazida ham yong‘in kelib chiqqandi. Ushbu hodisada 29 kishi qurbon bo‘lgan, 26 nafari esa jabrlangandi. Shuningdek, olovdan qochib, bino tomiga chiqib olgan 20 nafarga yaqin odamni o‘t o‘chiruvchilar qutqarib qolishgandi. O‘shanda yong‘inni bartaraf etishga 60 kishi va 49 ta texnika safarbar etilgan, hodisa eoyiga mamlakat yetakchisi Mun Chje In tashrif buyurgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring