Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda davriy nashrlar obunasi uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari talon-toroj qilindi

Jizzaxda davriy nashrlar obunasi uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari talon-toroj qilindi

Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanida davriy nashrlar obunasi uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi.Bu xaqda Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Xalq ta’limi bo‘limi va «H.Y.» MChJ mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, jamiyat hisob-raqamiga 2020-2021 yillardagi davriy nashrlarga obuna bo‘lish uchun o‘tkazilgan 192 mln so‘mni tahririyatlarga o‘tkazmasdan, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring