Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda bir fuqaroni o‘ldirib, murdasini yoqib yuborgan kishilar qo‘lga olindi

Jizzaxda bir fuqaroni o‘ldirib, murdasini yoqib yuborgan kishilar qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

Jizzaxda tanishini do‘pposlab o‘ldirib, yoqib yuborgan ikki erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mudhish jinoyat oldidan muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. Shundan keyin o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ulardan ikki nafari sherigini kimsasiz joyga olib borib, do‘pposlab o‘ldirgan va jinoyatni yashirish maqsadida murdaning tanasini yoqib yuborgan.

IIB xodimlari gumonlanuvchilarni voqea sodir bo‘lishidan bir necha soat avval 3 nafar erkak do‘konga kirgan video orqali aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Paxtakor tumanidagi Paxtakor qishlog‘ida yashovchi 1965-yil tug‘ilgan, muaqaddam 1 necha marta sudlangan fuqaro bo‘lgan. O‘tkazilgan sud ekspertizasi uning o‘limiga tana qismiga yetkazilgan ko‘plab jarohatlar sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.

Shuningdek, ayblanuvchilardan biri 1966-yilda tug‘ilgan shaxs marhum bilan qo‘shni bo‘lgan. Ikkinchi ayblanuvchi 1981-yilda tug‘ilgan, Paxtakor tumanidagi Olmazor mahallasida yashagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring