Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kemerovodagi yong‘inda halok bo‘lgan 58 kishining jasadi topildi

Kemerovodagi yong‘inda halok bo‘lgan 58 kishining jasadi topildi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Kryajev

26-mart kuni Rossiyaning Kemerovo shahrida joylashgan savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkovning ma’lum qilishicha, 58 ta jasad hodisa joyidan chiqarib olingan.  Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Yong‘in Kemerovodagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazining to‘rtinchi qavatida sodir bo‘lgan. Yong‘in paydo bo‘lgan joy yuqori qavatda joylashgan, u yerda bir nechta kinozal va attraksionli bolalar o‘yin maydonchalari bo‘lgan.  Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida 64 kishi halok bo‘lgan.

«Yong‘in sodir bo‘lgan hududdan hozircha 58 ta jasad topildi. Yana  oltitasi xavfli hududda turibdi, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda», — deya ma’lumot bergan Puchkov.

Qurbonlar safida sakkizdan bola ham borligi aytilmoqda. Hozir mazkur yong‘in yuzasidan to‘rt kishi, shu jumladan savdo markaziga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya rahbari ham qo‘lga olingan. Rossiya tergov qo‘mitasi savdo markazi ishida va undan foydalanishda jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Qurbonlar soni bo‘yicha Kemerovodagi yong‘in Rossiyadagi keyingi yuz yildagi eng yirik yong‘inlardan biri sanaladi. Samara ichki ishlar boshqarmasida (1999) 57 kishi, Krasnodarda (2007) 63 kishi, Permdagi yong‘inda (2009) 153 kishi qurbon bo‘lgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring